Qadrli do’stim! Mana, bugun siz mustaqil
zamonda yashayapsiz. Sizga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Siz bularning hammasida
unumli foydalanib o’qiyapsiz, bilim olayapsiz, ishlayapsiz,izlanyapsiz... xullas, qanday bo’lmasin davlatning, xalqning rivoji uchun hissa qo’shmoqdasiz.
Sizga havasim keladi. Ayniqsa, chet ellarda,nufuzli oliy o’quv yurtlarida bilim
olayotganizni eshitib rosti juda xursand bo’ldim. Shunday davom eting.
To’xtamang.
Yaqinda bir tanishim o’pkalab qoldi:“Tezroq chet elga ketsam edi,
o’sha yerda mazza qilib bir umr yashardim. Bu yerlarga qaytib kelmayman. O’sha
yerlik birortasiga uylanib, fuqaroligini olamanda, yevropalik bo’lib
ketaman...”-deydi. Yana biri: “Rossiyadaligimda eng o’gir ishlarni o’zbeklar,
tojiklar qilishyotganini guvohi bo’ldim. Bitta tanishim ust-boshi kir alpozda
“Eee jo’rajon” deb kelib quchoqlasa bo’ladimi... Yonimda bir-ikkita o’ris
hamrohlarim bor edi,ishonsang, o’zbekligimdan uyalib ketdim o’shanda”... Balki
sizning orangizda ham shundaylar bordir.... Mayli, omadizni bersin. Qayerda
bo’lsangiz ham sog’-omon bo’lsangiz bo’lgani. Lekin mening ham o’z qarashlarim
bor, keling sizga tushintirishga,siz esa tushinishga harakat qilib ko’ring.
Har bir millat o’z qavmi taqdirini o’ylashi
kerak. Tomchida quyosh aks etgani singari,alohida olingan har bir shaxsda
millat yashaydi. Shaxsning o’y-fikrlari,xatti-harakatlari, qilayotgan
ishlari,qiliqlari,yurish-turishi,hatto qanday kulishi,iztirob chekishi,
yig’lashiga qarab uning qanday millatga mansubligini bexato aytib bersa
bo’ladi.
Siz bilan biz o’zbekmiz. Ota-bobolarimiz,
yetti pushtimiz o’zbek bo’lgan. Hali “o’zbek”degan so’z dunyoga kelishidan
ilgari,keyinchalik,el-yurtimizga shunday nom berilgan kezlarda ham o’zbeklarni
o’zining hatto g’animi deb bilgan ba’zi ulug’
insonlar,shohlar,amirlar,sultonlar,lashkarboshilar,ne-ne donishmandlar ham...
o’zbek bo’lishgan. Odatda, shaxs millat tanlamaydi. Shaxsni millat tug’adi.
Bas,biz har birimiz Alloh taoloning irodasi va marhamati bilan dunyoga
kelganmiz.Bizni tug’dirgan va tuqqan ota-onamizni qanchalik sevsak,o’zimiz
mansub bo’lgan millatimizni ham shunchalik ardoqlashga burchlimiz. O’z
millatini, uning sha’n-shavkatini, salohiyatini va qadriyatlarini oyoqosti
qilgan, uning dardiga malham bo’la olmaydigan kishi mavjudot bo’lsa bordir,
ammo inson emas. Siz o’zbeksiz va, avvalo, shu bilan baxtlisiz...
“O’zbek degan nomni baland ko’taring. O’zbek
degan nomni iftixor-la o’zingizda “tashing”. Millating nima? deb so’rasalar,
“O’zbek” deb aytishdan uyalmang. Ha, bir umrga o’zbek bo’lib qoling. Ammo...
yahudiy bo’ling!”-deydi G’aybulla Salomov.
-G’alati! Bu gapda
mantiq yo’q. “O’zbek bo’ling...Ammo yahudiy bo’ling?!” buni qanday tushinish
kerak?
-Mana, Siz!
Otangiz kim bo’lib ishlaydi?
-Ha,falonchi.
-Onangiz?
-Uy bekasi.
- Oilangizda
nechta farzand bor?
-
Deylik,yetttita.
- Oilangiz
daromadi?.. va hokazo. Xo’sh, Siz musiqa chalishni bilasizmi? Mabodo tanbur
chertmaysizmi yoki pianino chalmaysizmi?
-Yo’q.
-Shohmot
o’ynashga qalaysiz?
-Yo’q. Shashka o’ynayman uncha-muncha
deysizmi? Xo’p,shunisiga ham shukur. Sportning qaysi turi bilan shug’ullanasiz?
Boks? Kurash? Gimnastika? Tennis? Sambo? Chavondozlik? Chang’i? Turnikda necha
marta gavdangizni ko’tara olasiz?..Xullas,deyarli hamma savollarga-nol. Ana
xolos! O’zbekchadan boshqa qaysi xorijiy tillarni bilasiz? Labbay,o’rischani?
Yaxshi. Yana? Nega yelka qisib,jim bo’lin qoldiz. Arabcha? Inglizcha? Forscha?
Olmoncha? Fransuzcha? Balkim yapon tilini bilarsiz? Qayoqda! Ashulaxonlikka qalaysiz?
Loaqal xirgoyi qilarsiz? Aytganday,xirgoyi nima bilasizmi? Bilmaymiz? Iee.
Balkim yaxshigina rassomdirsiz? Teatrga tushib turasizmi? Labbay,televizor
ko’raman deysizmi? Pazandalikka tobingiz qalay? Aytaylik,palov pishirish, non
yopish, qandolatchilik qo’lingizdan kelar? Sigir sog’ib ko’rganmisiz? Sigir
sog’ish ayollarning ishi deysizmi? Him... o’ntadan to’qqizta so’roq(agar
hammasi bo’lmasa) javobsiz qoladi. Xo’sh nimani bilasiz o’zi? Birov yopgan
nonni yeyish,birov aytgan qo’shiqni tinglash,birov soqqan sutni ichish har
kimning qo’lidan keladi. Eee!..
Bu blogni
o’qiyotganlar ichidan “o’zini ko’rsatmoqchi” bo’lganlar ham topiladi. Tosh
ko’tarish, kurash tushish, ko’pkari ishimizmikin deysizmi? Mana, maxsus badan
tarbiya instituti, melisa akademiyasi, harbiy maktablar bor...Yana biri:
ashulaxonlik,doyrasozlik,rubob chalishga,surat chizishga, konservatoriya,
teatr-rassomchilik instituti,maxsus bilim yurtlari bor... Tag’in biringiz luqma
tashlarsiz: non yopish,osh damlash, sigir sog’ish ham ish bo’libdimi! O’zlari
savodsiz bo’lsalar-da buvimiz do’ndiradilar bunday ishlarni...
-Unday
bo’lsa,Sizlar bilan hech qachon umumiy til topa olmas ekanmiz.
Xo’sh,qani,ayting-chi,dunyoviy sport turlaridan va mislsiz san’at bo’lmish
shohmot Hindiston,Eron va Markaziy Osiyoda kashf qilingan,deb hisoblanadi. Ne
ajabkim,bu go’zal aqliy sport turini bizning ajdodlarimiz,ota-boblarimiz kashf
etishgan bo’lsa-da,nechta o’zbek jahon chempioni bo’lgan? Jahon sovrindori nari
tursin,yuzlab grossmeysterlar orasida nechta o’zbek bor? Hech kimga sir emas:
yahudiylar birinchi o’rinda! Sizning
mantiqingizga ko’ra,qachon Toshkent jismoniy tabiya institutidan jahon
chempioni chiqishini kutib o’tirishimiz kerak ekan-da,a?.. Kim aytadi bizni
Amir Temur, Jaloloddin Manguberdi, Temur
Malik, Zahiriddin Muhammad Bobur, Shayboniyxonday nomlari butun dunyoni
titratgan mashxur fotih,jahongir,sarkardalarning vorislari deb? Sobir
Rahimovdan o’zga, o’zbekdan nechta jangovar general bor? Ularning, loaqal,
nomlarini bilasizmi?.. “Non-osh buvimning bo’ynida” dedi kimdir. Balli. Siz
buvingizning bo’ynida o’tiribsiz. Falokat shunda-da. O’zingiz buvi bo’lganda
kimning bo’ynida turasiz? Hunaringiz oz. Fikringiz palag’da. Shuning uchun
G’aybulloh as-Salom deydiki: O’zbek bo’ling,va... yahudiy bo’ling.
Alhamdulilloh
musulmonmiz. Alhamdulilloh o’zbekmiz. Ammo bu kifoya emas. Bugun biz dini,
irqi, millatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha ilg’or xalqlaridan
o’rganishimiz, o’zimizga kerak bo’lgan narsalarni ulardan olishimiz darkor.
Masalan, dunyo fani, texnikasi, san’at,sport,til bilgichlik, savdo-sotiq va
moliyaviy siyosatda ularning oldiga tushadigani kam. Yahudiy dastavval
yahudiy-U nima qiladi? Bola tarbiyasiga juda katta e’tibor bilan qaraydi.
Yemasa yemas,ichmasa ichmas,kiymasa kiymas(vaholangki,yeyishni ham,ichishni
ham, kiyinishni ham biladi!..),bolasi-o’g’il qizini tarbiyalaydi. O’ziga,diniga
mustahkam. Qorni to’q, ust-boshi but bo’lishini ta’minlaydi. Sog’lom qilib o’stiradi.
Birinchi galda kerakli tillarni o’rgatadi. Musiqaviylikka alohida diqqat qiladi.
Ana undan keyin-sport. Yonidan qo’shimcha xarajat qilib bo’lsa hamki,fan
asoslarini,avvalo, matematikani hamda texnika fanlarini egallashga qo’shish
qiladi. O’z haq-huquqini yaxshi taniydigan qiladi farzandini. Yana bir muhim
fazilati: bu ahl millat. O’z diyn diyonatiga sadoqatli. Yahudiydan qashshoq,
tilanchi-gado chiqishiga aslo toqat qilolmaydi. Buni butun millatga isnod deb
tushunadi. Arzimagan narsa uchun o’z qavmini sotmaydi. Umrida bir-birini
ko’rmagan ikki yahudiy bir-birini bir chaqrim masofadan turib taniydi! Tabiiy,
ularda ham oliy va past irqlar bor. Lekin muomala va oqibatda eng past yahudiy
ham ular uchun boshqa millat kishilariga qaraganda ustun hisoblanadi.
Ehtimol,ming yillar davomida o’zining tubjoy vatani bo’lmay kelganidanmi yoki
boshqa sababdan, ular har qanday millatni ichidan yemirgan mahalliychilik
illatidan holi.
Bu gaplarni aytishim juhudlarni
qandaydir oliy irq,ideal millat deb bilishimdan ham emas(Har bir millatning o’z
oliyjanob xislatlariyu nuqsonlari, qusurlari bo’ladi,bundan yahudiylar ham xoli
emas), ayni shunday fazilatlarni men o’z millatimda ham ko’rishni juda-juda
istardim.
Yana qaytaraman qayerda bo’lsangiz ham
omon bo’lsangiz bas,lekin siz butun millatingizni namoyon etayotgan
tomchiligizni unutmang.
Barakalla!!!
ОтветитьУдалитьrahmat!
УдалитьUstoz G'aybulloh As-Salomni yoq etibsiz Alloh rahmat qilgan bo'lsin! Rahmat!
ОтветитьУдалить